«markaziy saylov komissiyasi» tegli maqolalar


Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolati tugatildi, 2 nafar yangi a’zo saylandi
10 fevral 2024, 18:28

Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolati tugatildi, 2 nafar yangi a’zo saylandi

Senatorlar Markaziy saylov komissiyasining 21 nafar a’zosidan 14 nafarini o‘z arizalariga ko‘ra vakolatini tugatish va 2 nafar yangi a’zo saylash bo‘yicha qaror qabul qildi. Buning ortidan MSK a’zolari soni 9 nafargacha tushdi.

Markaziy saylov komissiyasi tarkibi o‘zgartirilmoqda
9 fevral 2024, 15:35

Markaziy saylov komissiyasi tarkibi o‘zgartirilmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolatlarini tugatish va 2 nafar yangi a’zoni saylash bo‘yicha qarorlar qabul qilib, Senatga yubordi. Amaldagi qonunchilikda MSK parlament palatalari tomonidan 9 nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan.

MSK barcha beshta partiyaning prezident saylovida qatnashishiga ruxsat berdi
15 may 2023, 15:58

MSK barcha beshta partiyaning prezident saylovida qatnashishiga ruxsat berdi

Dushanba kuni Markaziy saylov komissiyasi 5 ta siyosiy partiya — XDP, O‘zLiDeP, “Adolat”, Ekologik partiya va “Milliy tiklanish” partiyalariga 9-iyuldagi muddatidan avvalgi prezident saylovida qatnashishga ijozat berdi. Ular 1-iyungacha o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

MSK muddatidan avvalgi prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi
8 may 2023, 17:43

MSK muddatidan avvalgi prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Markaziy saylov komissiyasi 9-iyulda bo‘lib o‘tadigan muddatidan avvalgi O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlarini boshladi. Komissiya 10-may kuni saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilmoqchi.

Vochaxliklarning aksariyati tog‘ga chorva boqishga chiqib ketgani uchun referendumda qatnashmagan — MSK
4 may 2023, 12:33

Vochaxliklarning aksariyati tog‘ga chorva boqishga chiqib ketgani uchun referendumda qatnashmagan — MSK

Surxondaryoning Vochax qishlog‘ida 30-aprel kuni referendum o‘tkazilmagani, qishloq ahliga byulleten ham berilmagani aytilgandi. MSK mazkur hudud uchun ko‘chma quti yuborilgani, biroq aksariyat fuqarolar chorva mollariga qarash uchun tog‘ga chiqib ketgani sababli yashash manzilida bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Jahongir Ortiqxo‘jayevning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi
31 yanvar 2023, 10:13

Jahongir Ortiqxo‘jayevning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi

Markaziy saylov komissiyasi Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

«Yaxshi xabar tez tarqaladi» — Sherzodxon Qudratxo‘ja saylov natijasi e’lon qilinishdan avval kelgan tabriklar haqida
26 oktabr 2021, 10:58

«Yaxshi xabar tez tarqaladi» — Sherzodxon Qudratxo‘ja saylov natijasi e’lon qilinishdan avval kelgan tabriklar haqida

Sherzodxon Qudratxo‘ja prezident saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qilishdan avval bildirilgan tabriklar MSKni ham hayron qoldirganini ta’kidladi. «Yaxshi xabar tez tarqaladi. Shuning uchun hayratlanmasa ham bo‘ladi, menimcha», — deydi u.

Qonun buzilishi holatlari haqida ma’lumotlar kelmadi — MSK rahbari
24 oktabr 2021, 11:47

Qonun buzilishi holatlari haqida ma’lumotlar kelmadi — MSK rahbari

Prezident saylovi uchun tashkil etilgan birinchi uchastkalar Toshkent vaqti bilan Seul va Tokioda 4:00da ochildi. Oxirgi bo‘lib Nyu-Yorkdagi saylov uchastkasi 25 oktabr kuni ertalab yopiladi. MSK rahbari Zayniddin Nizomxo‘jayev qonun buzilishi holatlari haqida ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qildi.

MSK 5 ta partiyaga saylovda ishtirok etishga ruxsat berdi
14 avgust 2021, 13:30

MSK 5 ta partiyaga saylovda ishtirok etishga ruxsat berdi

Shanba kuni Markaziy saylov komissiyasi beshta siyosiy partiya — Ekologik partiya, XDP, O‘zLiDeP, “Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalariga oktyabrdagi prezident saylovida qatnashishga ijozat berdi. Ular 9 sentyabrga qadar o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

Prezident saylovi uchun partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olindi
29 iyul 2021, 18:21

Prezident saylovi uchun partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olindi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti saylovi uchun beshta partiyaning vakolatli vakillarini ro‘yxatga oldi. Ular MSK majlislari, hujjatlarni topshirish, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshirish, ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida ishtirok etadi.

Prezident sayloviga jami 300 mlrd so‘m, har bir nomzodga esa 3 mlrd so‘mdan ajratiladi
16 iyun 2021, 12:09

Prezident sayloviga jami 300 mlrd so‘m, har bir nomzodga esa 3 mlrd so‘mdan ajratiladi

Markaziy saylov komissiyasi oktabrdagi prezident saylovi Xarajatlar smetasini — 300 mlrd so‘m etib tasdiqladi. Unga ko‘ra, siyosiy partiyalarning tashviqot va targ‘iboti uchun 15 mlrd 486 mln so‘m, har bir nomzodga esa — 3 mlrd so‘mdan ajratiladi. Saylov jarayonida koronavirusga qarshi kurash uchun 11,5 mlrd so‘m sarflash rejalashtirilgan. Xarajatlar haqida batafsil.

Zayniddin Nizamxodjayev Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylandi
5 fevral 2021, 16:30

Zayniddin Nizamxodjayev Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylandi

Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida Zayniddin Nizamxodjayev Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylandi. Uning o‘rinbosari lavozimiga esa Baxrom Kuchkarov saylandi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning vakolati tugatiladi
3 fevral 2021, 19:10

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning vakolati tugatiladi

Deputatlar Markaziy saylov komissiyasining 16 yillik raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov bilan birga yana 6 nafar a’zoning vakolatini tugatishni ma’qulladi. Bundan tashqari, 8 nafar yangi a’zo tarkibi ham ko‘rib chiqildi.

Konstitutsiyaga saylovga oid o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda
11 noyabr 2020, 11:22

Konstitutsiyaga saylovga oid o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda

Markaziy saylov komissiyasi bir vaqtning o‘zida bir nechta joyga nomzod ko‘rsatilganida, saylovoldi targ‘iboti hamda uchrashuvlar o‘tkazishda muammolar yuzaga kelganini ma’lum qildi. Shunga ko‘ra, Konstitutsiyaning 117-moddasiga tegishlicha o‘zgartirish kiritishni taklif etmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting